ORISSA (oriya xalqi nomidan) — Hindistonning sharqiy qismidagi shtat (1947-y. dan). Mayd. 156 ming km2. Aholisi 36,7 mln. kishi, aksari kis-mi oriyalar. Maʼmuriy markazi — Bxubaneshvar sh. Shtatning katta qismi Dekan yassi-togʻligida (oʻrtacha bal. 200—700 m). Jan. da Sharqiy Gattogʻlari (bal. 1000 — 1500 m) bor. Sharqi Bengaliya qoʻltigʻi-gatutash. Sohili pasttekislik. Iklimi subekvatorial mussonli iklim. Yillik oʻrtacha t-ra 18—25°. Yillik yogʻin 1500 mm gacha. Togʻ yon bagʻirlari tropik oʻrmonlar, sohillari qisman mangra oʻrmonlari bilan qoplangan.
Orissa — sanoati rivojlanib borayotgan agrar shtat. Aholisining katta qismi q. x. da band. Haydashga yarokli yerlarning 57% dan foydalaniladi, shundan 15% sugʻoriladi. Sholi, shuningdek, tariq, shakarqamish, jut, bir oz paxta va b. ekinlar ekiladi. Sohilga yaqin suvlardan baliqovlanadi. Energetika resurslaridan deyarli foydalanilmaydi. Marganes, temir va xrom rudalari qazib olinadi. Qora metallurgiya va mineral oʻgʻitlar, alyuminiy z-dlari, kabel va prokat ishlab chikaruvchi korxonalar, ferromarganes, sement z-dlari bor. Hunarmandchilikda badi-iy buyumlar i. ch. rivojlangan.
Qadimda Orissa hududi oʻrnida Kalinga davlati boʻlgan. 16-a. gacha Orissa turli davlatlar tarkibida boʻlib keldi. 1576-y. da Orissani Boburiylar egallagan. 1803-y. da Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olgan. 1817—18 y. larda Orissa hududida ingliz mustamlakachilariga kar-shi katta qoʻzgʻolonlar boʻlgan.