OPTIK OʻQ

OPTIK OʻQ, linzaning optik oʻqi — linzaniit nur sindirish sirtlari simmetriyasi oʻqi (toʻgʻri chizigʻi); sirt markazidan unga tik holda oʻtadi. Optik tizimga kiradigan barcha linzalarning umumiy simmetriya oʻqi optik tizimning Optik oʻqi hisoblanadi.