OMBOR

OMBOR, ombor binolari — 1) oziq-ovqat, asbob-anjom, xom ashyo, mahsulotlar, uskunalar, har xil materiallar saklanadigan joy. Ombor larning usti ochiq, yarim yopiq (bostirma), koʻp oralikli, kup qavatli, isitiladigan, isitilmaydigan turlari mavjud. Omborlar tosh, shagʻal, sement, gʻisht, yogʻoch va b. materiallardan quriladi;

2) suv toʻplanadigan joy, suv havzasi, mas, suv ombori.