OMAXA

OMAXA — AQSHning markaziy qismidagi shahar, Nebraska shtatida. Aholisi 390 ming kishi (2000). Muhim t. y. tuguni. Missuri daryosi buyidagi port. Yirik q. x. r-nining savdo markazi. Gʻalla va gusht birjalari bor. Yirik oziq-ovqat (un tortish, gusht, yogʻ k-tlari) sanoati markazi. Aloqa vositalari, EHM, yuk mashinalari, sanoat jihozlari, q. x. mashinalari, mineral oʻgʻitlar ishlab chiqariladi. Rangli metallurgiya (rux eritish) rivojlangan. Un-t bor. Shaharga 1804-y. da asos solingan.