OLTINSARIN

OLTINSARIN Ibray (1841.20.10 – 1889.17.7) — qozoq yozuvchisi va maʼrifatparvari, milliy badiiy nayerning asoschilaridan. Orenburg sh. dagi rus maktabida oʻqigan (1850 — 57). 1860—69 y. lar Toʻrgʻaydagi rus-qozoq maktabida oʻqituvchi, 1879-y. dan Toʻrgʻay viloyatidagi qozoq maktablari inspektori. Oltinsarinning tashabbusi bilan qozoq bolalari uchun 7 ta boshlangʻich volost maktabi, 4 ta 2 yillik maktab, 1 ta hunar bilim yurti va qozoq oʻqituvchilari uchun maktab ochilgan (1883-y. Orsk sh.). O. shu maktablar uchun ilk dareliklar, majmualar («Qirgʻiz xrestomatiyasi», 1879) yozgan. «Daryo», «Yoz», «Kel bolalar, oʻqiylik!» singari vatanparvarlik, insonparvarlik ruhidagi sheʼrlari, «Qipchoq Saidqul», «Boy bolalari bilan Husan» sin-gari axloq-odobga oid kitoblari ilk marotaba ana shu majmualarga kiritilgan. Qozoq folkloriga oid bir qancha asar toʻplagan va nashr ettirgan («Luq-moni Hakim», «Yolgʻonning zarari», «Saxiy», «Izbosti biy» balladalari, «Qora botir», «Kal bola» ertaklari, «Qoʻblandi» eposi va b.).

O. Jan Pyer Beranje, I. A. Krilov, L. N. Tolstoy va b. ning asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan. Ular qozoq tilidagi birinchi badiiy nasr namunalari hisoblanadi.