OLTINGUGURTLI OʻGʻITLAR

OLTINGUGURTLI OʻGʻITLAR — tarkibida oltingugurti boʻlgan va oʻgʻit sifatida ishlatiladigan birikmalar. Kaliy, magniy, ammoniy sulfatlari, fosfogips va b., shuningdek, qis-man oltingugurti boʻlgan jinslar Oltingugurtli oʻgʻitlar sifatida qoʻllaniladi. Oʻsimliklar uchun qoryomgʻir, goʻng va b. organik oʻgʻitlar oltingugurtning yaxshi manbai hisoblanadi. Oltingugurtli oʻgʻitlar tarkibida oltingugurt kam boʻlgan shoʻrxok va b. yerlarda qoʻllaniladi; qumoq kulrang tuprokli yerlarda kuproq samara beradi. Tuproqqa yiliga yogin bilan birga gektariga 8 kg gacha oltingugurt angidridi (SO3) tu-shadi. Oltingugurtli oʻgʻitlar koʻpchilik q. x. ekinlariga, ayniqsa, tanasida koʻp mikdorda oltingugurt tutadigan va uni aksariyat hollarda kamida fosforga teng mikdorda oʻzlashtiradigan butguldoshlar, dukkakdoshlar, kungaboqar va kartoshka uchun foydali. Oltingugurtli oʻgʻitlar bilvosita ugʻit tarzida ham ijobiy taʼsir kursatishi mumkin: tuproqdagi ortiqcha ishqoriylikni kamaytiradi, neytrallaydi, qiyin eruvchi fosfatlarning uzlash-tirilishini oshiradi, Sa, K, Mg, Fe larning eruvchanligini kuchaytiradi.