OLTINGUGURT

OLTINGUGURT, tugʻma oltingugurt — tugʻma elementlar guruhiga mansub mineral. Tabiatda erkin (tugʻ-ma Oltingugurt) va birikmalar holida uchraydi. Oltingugurtning eng muhim tabiiy birikmalari — metall sulfidlari (mas, FeS2 — temir kolchedan (pirit), ZnS — aldama pyx, PbS — qoʻrgʻoshin yaltirogʻi yoki galenit, Cu2S — mis yaltirogʻi va h. k.), sulfatlar holida (angidrit CaSO4, gips CaSO42H2O, ogʻir shpat BaSO4, glauber tuzi va h. k.) ham uchraydi. Bundan tashqari, Oltingugurt kumir, slanes, neft, tabiiy gazlar, hayvon va oʻsimlik organizmlarida organik va anorganik holida mavjud (mas, oqsilda 0,8—2,4% O. bor). O. bir necha allo-tropik koʻrinishlarda boʻladi. Eng koʻp uchraydigan turi rombik modifikatsiyasi (alfa-S), uni sekinlik bilan 96 — 120°gacha qizdirganda monoklinik modifikatsiyasi (6eTa-S)ra oʻtadi. Oltingugurtning rangi sariq. Qattikligi mineralogik shkala boʻyicha 1—2, zichligi 2,0—2,1 g/ sm3, suyuqlanish t-rasi 118,9°. Rombik Oltingugurt sakkiz burchakli halqasimon Sg tarkibli molekulalardan tuzilgan. Monoklinik Oltingugurt prizma shaklidagi tiniq kristallardan iborat. Oltingugurtning juda koʻp birikmalari maʼlum. Mas, vodorod sulfid (H2S), sulfat kislota (H2SO4), giposulfit (Na2S2O3) va h. k. Tugʻma Oltingugurt konlari Meksika, AQSH, Italiya, Yaponiya, Rossiya, Turkmanistonda uchraydi. Oltingugurt konlardan qazib olinadi va flotatsiya usulida boyitiladi, SO2 ni qaytarib, H2S ni oksidlab ham hosil qilinadi.