OLTIN, tugʻma sof oltin — tugʻma elementlar guruhiga mansub mineral. O. tabiatda koʻpincha erkin hodda uchraydi, tabiiy birikmalari juda oz, ulardan eng muximi kalaverit (AiTe2). Kristallari kub singoniyali, koordinatsion strukturali, asosan, kichik oʻlchovli (0—1,0 mm) kristallari uchraydi, baʼzan 3 sm gacha boʻlgan kristallari ham bor. Konlarda, asosan, 0,01—4,0 mm zarrachali Oltin boʻladi, kattaroq toʻplamlari (1—5 g va undan koʻp) ham uchratiladi. Jahonda topilgan eng katta Oltin toʻplamlari maʼlum: «Xolterman plitasi» deb nom berilgani (93,3 kg) Avstraliyada, «Katta uchburchak» (36,04 kg) va «Tiyelgin» (14 kg) Rossiyada va b. Asosan, Oltin mayda zarralar holida kvarsga va baʼzan, xar xil sulfidli rudalarga, Oltin zarralari esa koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya (Ural, Sibir), Afrika, Avstraliya, AQSH (Kaliforniya), Kanadada Oltin konlari bor. Gʻarbiy Oʻzbekistonda Oltin makkajoʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniklangan.
Oltinning sofligi (probasi) oʻzgaruvchan boʻlib, koʻpincha uchraydiganlari quyidagi qatorni: 930—900, 820— 780, 650—600 ni tashkil etadi, juda kam uchraydigan probasi 550. Odatda, Oltinning tarkibida Ag, Cu, Fe, Mn, Pb, kam mikdorda Bi, Sb, Hg, Te, Se, Pt, In va b. qoʻshimchalar boʻladi. Oltinning zichligi gʻovakligiga bogʻliq boʻlib, 15600 kg/m3 dan 19200 kg/m3 gacha oʻzgaradi, qat-tiqligi 2—3. Tarkibidagi Hg aralashmasi Oltinni yumshatsa, Pt, Sn, Si qoʻshimchalari qattiqligini oshiradi.
Oltin tabiatda keng tarqalgan boʻlib, otqindi, effuziv, metamorfik, choʻkindi togʻ jinslarida uchratiladi va oltin rudalari konlarini gidrotermal jarayonlar natijasida paydo boʻlishida ishtirok etadi. Oltinning suvda eruv-chan birikmalari (xloridlari, gidro-sulfidlari va b.) Yer poʻstining pastki gorizontlari yoki yuqori man-tiyadan gidrotermalar b-n olib chiqilib, kvars tomirlarining avval shakllangan yoriqlarida Fe, Cu, Pb, Zn, Bi, As, Sb, Ag sulfidlari va shu elementlarning telluridlari bilan birgalikda kristallanadi. Mis kolchedani va qoʻrgʻoshin-rux sulfid konlari shakllanishida Oltin ishtirok etib, ularning orasida yupqa dispersli donachalar hosil qiladi. Xuddi shu tarzda magma-tik genezisli mis-nikelli sulfid rudalarda ham Oltinning qoʻshimchalari paydo boʻladi. Gipergenez zonalarda Oltin qisman qayta choʻkib, sulfid ruda tanalarini yuqori qismini qoʻshimcha boyitadi. Ruda tanalarining keyinchalik yemirilishi bilan yuzada joylashgan Oltin avval birga bogʻlanib turgan agregatlardan ajralib va suv oqimlari bilan chiqarilib toʻplanganda sochma Oltin konlarini hosil qiladi. Bu jarayon mo-baynida Oltin zarrachalari silliklanadi, elektrokimyoviy korroziya natijasida ularning yuzasidagi Ag yemirilishi bilan Oltinning probasi oshadigan qatlam hosil boʻladi. Oltin oltin rudali konlarni hosil qiluvchi asosiy mineraldir.