OL

OL (aldamoq soʻzidan) — oʻrta asrlarda Movarounnaxrda dushmanni chalgʻitish maqsadida qoʻllanilgan hiyla, taktik usul. Kichik bir qismni cheki-nishga buyurib, uni taʼqib qilib, hujumga oʻtgan dushmanni pistirma iskanjasiga olingan. Ol usullaridan biri toʻlgʻama deb atalgan. Oldan Chingizxon, Amir Temur va Abdullaxon II oʻz yurishlarida ustalik b-n foydalangan.