OYTAKA

OYTAKA — qoraqalpoqlarning oris oʻn toʻrt urugʻ deb atalgan qabila birikmasi tarkibidagi urugʻ. 19-a. ning oʻrtalarida 3 beklikdan iborat boʻlgan. Oytakalar Xiva xonligiga har yili 37—78 otliq navkar, 112 qazuvchi berish majburiya-tini bajargan.