ODENSE

ODENSE — Daniyadagi shahar va port. Fyun orolining shim. qismida. Aholisi 145,1 ming kishi (2000). Odense — mamlakat kemasozlik sanoatining eng katta markazi. Un-t (1964-y. dan), X. K. Andersenning Muzey uyi, badiiyot muzeyi, tarix va madaniyat muzeyi, Fyun qishlogʻi-muzeyi va h. k. bor.