ODDIY OʻGʻIT

ODDIY OʻGʻIT — tarkibida oʻsimliklar uchun asosiy oziq moddalardan biri boʻlgan oʻgʻit. Bu nom shartli ravishda berilgan. Chunki Oddiy oʻgʻit tarkibida asosiy oziq moddalardan tashqari boshqa aralashmalar — oltingugurt, magniy, kalsiy va b. mikroelementlar ham boʻlishi mumkin. Mac, oddiy superfosfatda 14—20% fosfor mavjud, qolgani kalsiy, oltingugurt va b. elementlardan iborat. Oddiy oʻgʻit azotli, fosforli, kaliyli va h. k. boʻladi. Q. x. ekinlarni oziklantirish paytida zarur oziq moddalar toʻplamini olish uchun ularni koʻpincha aralashtirish kerak.