ODAT

ODAT (psixologiyada) — oʻrganish boʻlib qolgan va muayyan vaziyatda bajarish individ uchun ehtiyojga aylangan xattiharakat. Odat stixiyali tarzda shakllanishi, muayyan tarbiya mahsuli boʻlishi, xarakterning barqaror xususiyatiga aylanishi, avtomatizm belgilariga ega boʻlishi mumkin. Odatning fiziologik asosi, malakanikn kabi, dinamik stereotip, yaʼni bosh miya katta yarim shari poʻstlogʻidagi nerv sistemasidir. Odat faoliyatning turli soxalari (mehnat, oʻquv, sport va b.)da vujudga kelib, inson xattiharakatining barcha tomonlari (axloqi, bilish jarayoni, madaniy-maishiy turmushi va b.)ni qamrab oladi. Odat foydali (mas, ertalabki gimnastika) va zararli (mas, chekish) boʻlishi mumkin. Foydali Odat shaxening ijobiy xislatlari shakllanishiga yordam beradi. Mas, mehnat odati mehnatsevarlikni rivojlantiradi. Aksincha, zararli Odatlar salbiy xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Mas, vaqtni behuda oʻtkazishdan dangasalik, ishni oxiriga yetkazmaslikdan irodasizlik Odat lari kelib chikali. Odat tusini olgan xattiharakatlar kishiga mustahkam singib, uning tabiatiga — fazilati yoki illatiga aylanadi. Yoshlikdan ijobiy Olarni tarkib toptirib, salbiy Odat larga qarshi kurashish taʼlimtarbiyaning muhim vazifasidir.