OGARYOV Nikolay Platonovich [1813.24.11 (6.12), Peterburg – 1877.31.5 (12.6), Grinvich (Angliya)] – rus publitsisti, shoiri, jamoat ar-bobi. 1820-y. dan boshlab Moskvada yashagan. 1825—26 y. larda olis qarin-doshi A. I. Gersen b-n tanishgan. Dekabristlar harakati va qoʻzgʻolonining bostirilishidan keyin Rossiyada pay-do boʻlgan sharoit ular dunyokarashining shakllanishiga katta taʼsir kursatgan. 1831-y. da O. Moskvadagi tashqi ishlar arxiviga ishga va Moskva un-tiga uqishga kiradi. Ammo oradan bir yil utgach, un-tni tashlab, Gersen va b. maslakdoshlari bilan birga fransuz sotsi-al utopistlari taʼsiriga beriladi. 1834-y. da «hukumatga qarshi toʻgarak» yigʻilishlarida qatnashgani uchun hibsga olinib, 1835-y. da otasi nazorati ostida yashash sharti bilan Penza gubernya-siga surgun qilinadi. 1838-y. da Kav-kazda davolanish paytida A. I. Odoyevskiy va b. surgun qilingan dekabristlar bilan tanishadi. 1840-y. dan boshlab sheʼr yoza boshlaydi va sheʼrlari V. G. Belinskiy singari tanqidchilar tomonidan iliq kutib olinadi.
Ogaryov 1856-y. da Londonga koʻchib borib, Gersen bilan birga chor hokimiyatiga qarshi siyosiy faoliyat bilan shugʻullanadi. Ular «Polyarnaya zvezda» («Qutb yulduzi») almanaxidan tashkari, «Kolokol» («Bong»), «Golosa iz Rossii» («Rossiyadan sadolar») singari nashrlarni chiqarish va tarkatish ishlarini yulga quyadilar. Ogaryov ayni paytda An-gliyadagi yosh rus muhojirlari bilan aloqa oʻrnatadi, qizgʻin siyosiy va adabiy faoliyat bilan shugʻullanadi.
Ogaryov ijodining dastlabki bosqichida romantik sheʼriyat ustuvorlik qilgan. hatto muhabbat va peyzaj lirikasining goʻzal namunalari yaratilgan boʻlsa, keyinchalik publitsistik ohanglar birinchi uringa chiqqan. Muhojirlik lirikasi esa ochikdan-ochiq rus inqilobiy demokratlarining gʻoyaviy kurashlariga xizmat qilgan.
As: Stixotvoreniya i poemы, M., 1961.