OGAYO

OGAYO — AQSHning shim.-sharqiy qismidagi shtat. Eri koʻli bilan Ogayo daryosi oraligʻida. Mayd. 107,0 ming km2. Aholisi 11,4 mln kishi (2002), 75% dan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Kolumbus sh., yirik sanoat shaharlari: Klivlend va Sinsinnati. Shtatning sharqida Appalachi platosi (eng baland joyi 460 m), gʻarbida Markaziy tekisliklar bor. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0» dan —3° gacha, iyulniki 23 — 25°. Yillik yogʻin 800—1000 mm.

Ogayo — AQSHning aholisi zich va iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan shtatlaridan. Toshkoʻmir (yiliga 40 mln. t), tuz (5 mln. t), neft va tabiiy gaz qazib olinadi. Ogayo choʻyan va pulat eritishda AQSHda Pensilvaniya shtatidan keyin 2-oʻrinda, elektr energiya hosil qilishda esa 1-oʻrinda. Q. x. tovar mahsulotining 60%ni chorvachilik beradi. Ekin maydoni 5 mln. ga. Asosan, makkajoʻxori, soya, bugʻdoy, suli va yem-xashak ekinlari ekiladi. Meva, uzum va sabzavot yetishtiriladi. Eri koʻli sohilidagi portlar orq-ali koʻmir junatiladi, temir rudasi keltiriladi. Ogayo hududini yevropaliklardan birinchi boʻlib 17-a. da fransuzlar egallagan. Parij shartnomasiga bino-an, 1763-y. da Ogayo Buyuk Britaniya qoʻliga oʻtdi. 1783-y. dan AQSH tarkibida. 1802-y. dan AQSH shtati.