OGAYO

OGAYO — AQSHdagi daryo, Missisipi daryosining chap irmogʻi. Uz. 1580 km, havzasining mayd. 528,1 ming km2. Appalachi togʻlaridan boshlanib, Appalachi platosi va Markaziy tekisliklardan oqadi. Asosiy irmoklari: Kentukki, Kamberlend, Tennesi (chapdan). Oʻrtacha suv sarfi 8000 m3/sek. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Yilning sovuq mavsumida toʻlib oqadi, avg. — sent. da sayozlanib qoladi. Daryo deyarli hamma qismida shlyuzlangan va kema katnay-di (Luisvill sh. yaqinidagi serostona qismida parallel ravishda kanallar qurilgan). Yirik GESlar bor. O. soqilida Pitsburg, Sinsinnati, Luisvill sh. lari joylashgan.