OVIDIY

OVIDIY, (Publiy Ovidiy Nazon — Publius Ovidius Naso) (mil. av. 43 — mil. taxm. 18) — Rim shoiri. Ijodini ishqiy sheʼrlar bilan boshlagan («Ishqiy elegiyalar», mil. 1—2-y. lardan oldin). «Sevgi sanʼati», «Sevgi davosi» dostonlari (ikkalasi ham taxm. mil. av. 20—mil. 1-y.) didaktik ruhda, ularda Rim hayoti lavhalari ifodalangan. Mashhur «Metamorfozalar» mifologik eposi (15 kitobdan iborat, taxm. mil. 1—8-y. lar) — O. ijodining choʻqqisi. Axloq xususidagi dadil fikrlari uchun imperator Avgust tomonidan Tomi sh. (hoz. Ruminiyaning Konstansa porti)ga surgun qilingan va shu yerda umrining oxiri-gacha turib (taxm. 10 y.), «Gʻussali elegiyalar» (5 kitob, taxm. mil. 8-y. dan keyin) va b. asarlarini yozgan. «Elegiyalar», «Metamorfozalar», «Gʻussali elegiyalar»dan namunalar Oybek tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan.