OBRAZ

OBRAZ, badiiy obraz — voqelikni fakat sanʼatga xos usulda oʻzlashtirib va oʻzgartirib xarakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy qayta yaratilgan har qanday voqea ham Obraz deb yuritiladi.

Obrazda obyektiv anglash bilan subyektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy Obrazning oʻziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga boʻlgan munosabatda aniq namoyon boʻladi. Obraz vokelikning badiiy inʼikosi sifatida real mavjud obyektning hissiy aniq, tayin zamon va makonda davom etgan, moddiy tugal, oʻzicha yetuk xususiyatlariga ega boʻladi. Badiiy Obrazni real obyekt bilan chalkashtirmaslik kerak; u shartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan farq qiladi va asarning ichki «illyuziyali» olamini tashkil qiladi. Obraz voqelikning oddiy inʼikosi boʻlmay, balki uni umumlashtirib, aloqida, oʻtkinchi, tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, oʻzgarmasmuqim, adabiy jihatlarini ochib beradi. Mavhum tushunchadan farkli ra-vishda Obraz koʻrgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u voqealarni mavqum mulohazalar b-n emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks ettiradi. Obrazning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati b-n belgilanmaydi, balki badiiylik Obrazning misli koʻrilmagan, yangi oʻylab chiqarilgan dunyo yarata olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. Obrazda obyektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga, boʻlishi mumkin boʻlgan, moʻljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham muxrlangan boʻladi. Shuningdek, badiiy Obrazda xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va b. ni ijodiy ishlash yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi.

Obraz murakkab tuzilish va murakkab koʻrinishga ega; u borliq bilan ruhiy dunyoning bir-biriga oʻtishidagi barcha momentlarni oʻz ichiga oladi. Badiiy Obraz vositasida subyektivlik bilan obyektivlikning, yakka holat bilan umumiylikning, ideallik bilan reallikning oʻzaro muvofiq munosabatlari ijodiy ishlab chiqiladi.

Badiiy asarda Obraz soʻz vositasida yuzaga chiqariladi. Adabiy asarning materiali ashyoviy asosdan (boʻyoklar, marmar, tosh va b.) emas, balki belgilar tizi-mi, til, soʻz materialidan iborat boʻlgani uchun ham soʻz bilan ifodalangan Obrazda koʻrgazmalilik tomoni plastik Obrazga nisbatan kam aks etadi. Shoir hatto konkrettasviriy soʻzlardan foydalanganda ham, predmetning koʻzga koʻrinadigan qiyofasini emas, assotsiativ aloqadagi mazmuniy koʻrinishini yaratadi.

Badiiy Obrazning muhim vazifasi uning hayotdagidek salmoqdorlik, yaxlitlik va jonlilikka ega boʻlishidir.

Ad., Xrapchenko M. B., Gorizontы xudojestvennogo obraza, M., 1982; Adabiyot nazariyasi [2 j. li], T., 1978; Izzat Sulton, Adabiyot nazariyasi, T., 1980.

Bahodir Karimov.