OBODON

OBODON — Eronning jan.-gʻarbiy qismidagi shahar. Huziston ostonida, Shatt ul-Arab daryosi boʻyida, Fors qoʻltigʻi qirgʻogʻidan 50 km ichkarida. Aholisi 206,1 ming kishi (1997). Okean kemalari kira oladigan port. Yiliga 30 mln. t neftni qayta ishlab beradigan yirik z-d, neft-kimyo korxonasi bor. Neft konlaridan Obodonga neft quvurlari oʻtkazilgan. Obodon orqali chetga neft va neft mahsulotlari chiqariladi. Neft in-ti, xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor.