OBLOQULOV

OBLOQULOV Hazrat (1928, Gʻijduvon tumani Todon qishlogʻi) — usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2000); Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjalik xodimi (1998). Mehnat faoliyatini 2-jahon urushi yillari Gʻijduvon tumani Todon qishlogʻidagi jamoa xoʻjaligi aʼzoligidan boshlagan. 1960-y. dan shu tumandagi S. Ayniy nomli jamoa (hoz. shirkat) xoʻjaligida paxtachilik brigadasi boshligʻi, 1999-y. dan bosh pudratchi. Obloqulov rahbarlik qilayotgan jamoa aʼzolari paxtachilikda yangi agrotexnologiyalarni qoʻllab, yuqori hosildorlikka, shartnomaviy rejalarni muntazam oshirib bajarishga erishdi. Koʻplab shogirdlar yetishtirgan.