OBLOQULOV

OBLOQULOV Mahkam (1920.16.4, Ur-gut tumani — 1992.12.2) — kulol; Samarkand kulollik maktabining namoyandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Hunarni ota-sidan oʻrgangan. 1935-y. dan «Harakat» va «Ittifoq» (1937-y. dan) artellarida kosagar usta. 2-jahon urushi qatnashchisi (1942 — 44). Kosagar (kosa, lagan, tovoq) hamda koʻzagar (koʻza, xum, tandir yasash) sifatida urgut kulolligini rivojlantirdi; anʼanaviy shakldagi kulollik buyumlarida rang va boʻyoklar jilvasi (sariq, yashil rang va ularning oʻnlar-cha tuslari) ni yaratdi. Obloqulov yaratgan kulollik buyumlaridan namunalar Oʻzbekiston va xorijiy mamlakat muzeylarida va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.