OBIRAHMAT GʻORI

OBIRAHMAT GʻORI — mustye madaniyatiga doir qad. manzilgoh. Toshkentdan 100 km shim.-sharkda, Koʻksuv tizmasi etagidagi Paltovsoyning oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Obirahmat gʻorini A. P. Muhammadjonov va S K. Nasriddinov topgan (1962). R. h. Sulaymonov tekshirgan. Obirahmat gʻori keng yoysimon shaklda boʻlib, eni 20 m dan ortiq; u quruq va yorugʻ, shar-qiy chekkasidagi qiyadan chuchuk suvli shalola oqib tushadi. Gʻorning ogʻzi jan. tomonga qaragan. Obirahmat gʻorida uzok, vaqt davomida hosil boʻlgan 21 madaniy qatlamning umumiy qalinligi 10 m. O. g. dan nayzasimon qurollar, nukleuslar, turli xildagi tosh kesgichlar, ponasimon qurollar, bigizlar topilgan. Topilmalar Oʻrta Osiyoda tosh davrining eng boy kolleksiyalaridan birini tashkil qiladi.