OBINOVVOT

OBINOVVOT, novvot — yuqori sifatli, serhosil, turshakbop oʻrik navi. P. P. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tning Samarqand filialida Koʻrso-diq va Arzami navlarini chatishtirib yaratilgan. (K. V. Vasilyev, L. A. Protasevich). Daraxti katta, shakl berilsa, yanada yaxshi oʻsadi. Koʻchati ekilgandan keyin 3-yilidan meva bera boshlaydi. 5—6 yoshdan toʻla hosil beradi. Iyun oyining 3-oʻn kunligida pishadi. Mevalari yirik va oʻrtacha yirik, vazni 35 — 40 g, tuxumsimon, sariq, qizil mumgʻubor bilan qoplangan. Eti sariq, danagidan oson ajraladi. Tarkibida 16% qand, 0,5% kislota bor. O. shamolga bardoshli, yetilib pishgani toʻkilmaydi, novdalarda turib turshakka aylanadi. Quritilganda 23—25% bargak, 30—32% turshak tushadi. Togʻli va togʻ etagi mintaqalarida moʻl hosil beradi.