OBIMASHAD ARIGʻI

OBIMASHAD ARIGʻI, Obimashhad arigʻi — Samarqand sh. ning shim.sharqiy qismida joylashgan shu nomdagi bulokdan boshlangan ariq. Aslida Obimashad arigʻi Siyob anhorining irmoqlaridan boʻlib, Samarqanddan kesib oʻtgan No-vadon, Siyobcha, Jarariq kabi suv man-balari bilan bir qatorda shaharning suv taʼminoti va atrofidagi dehqonchilik va bogʻdorchilik yerlarini sugʻorishda muhim ahamiyat kasb etgan. Obimashad arigʻining suvi samarqandliklar oʻrtasida muqaddas sanalgan. Rivoyatlarga koʻra, Qusam ibn Abbos ibn Abdulmutallib (Muhammad paygʻambarning amakivachchasi) Obi-mashhad bulogʻining yoqasida shahid boʻlib, uning yaqiniga dafn etilgan. Shu boisdan uning mozori «Mashhad», yaʼni, shahid boʻlgan yer deb atalgan. Har yili Navroʻzda shahar aholisi O. a. so-hillarida toʻplanib «Qozon toʻldi», «Boy boʻldi» va «Gunoh toʻkildi» deb atalgan turli sayil va marosimlar oʻtkazganlar hamda uning suvi bilan ta-horat olib gʻusl etganlar. Obimashhad qadimda aslida «Obimaskat» shaklida talaffuz etilib, u «Katta qishloqning suvi» (yaʼni arigʻi) nomini anglatgan.

Ad.: Muhammadjonov A. R., Quyi Zarafshon vodiysining sugʻorilish tarixi (Qadimgi davrdan to XX asr boshlarigacha), T., 1972; Abu Tohirxoja, Samariya, T., 1991.