OBIDOV Qobiljon Gʻafurovich

OBIDOV Qobiljon Gʻafurovich (1951.20.4, Qoʻrgʻontepa tumani, Xonobod qishlogʻi) — Oʻzbekiston Qahramoni (1998). Andijon paxtachilik in-ti gidromelioratsiya f-tini tugatgan (1972). Andijon suv inshootlari qurilish tresti 3-qurilish-montaj boshqarmasida usta, prorab, yordamchi korxonalar boshqarmasi boshligʻi (1972-75), shu trest i. ch. va texno-logik jamlashtirish boshkarmasining bosh muhandisi, boshligʻi (1975— 86), Andijon suv qurilish trestining boshqaruvchisi, Andijon suv qurilishmontaj i. ch. birlashmasining boshligʻi (1987—88). Marhamat tumani ijroiya qoʻmitasining raisi, tuman partiya qoʻmitasining 1-kotibi, tuman hokimi (1988—92), Andijon sh. hokimi (1992— 93), Andijon viloyati hokimi (1993—96; 1997y. dan). Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 1-oʻrinbosari (1996— 97).

Obidov rahbarligida viloyatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishda muhim yutuqlarga erishildi, gʻoʻza va bugʻdoy yetishtirishda yangi texnologiyalar (jumladan, gʻoʻzani plyonka ostiga ekish) joriy qilindi va ularning hosildorligi keskin oshdi, yangi sa-noat korxonalari, sport inshootlari barpo etildi, aholining turmush darajasini koʻtarish va farovonligini oshirishda muxim ishlar olib borildi. Andijon viloyatida toʻplangan ilgʻor i. ch. tajribalari mamlakat miqyosida ommalashtirildi. Oʻzbekiston Oliy Kengashi (1990—94), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994-y. dan). «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1995).