OBIDOV Abdurahim Obidovich

OBIDOV Abdurahim Obidovich (1929.15.10, Toshkent) — mikrobiologimmunolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1968), tibbiyot fanlari dri (1965), prof. (1967). ToshTIni tugatgach (1953), Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi tez yordam st-yasi bosh vrachi (1953—54), Oʻzbekiston FA Oʻlka tibbiyot in-tida katta ilmiy xodim-doktorant (1960—63). Vaksina va zardoblar i. t. institu-ti direktori (1963-82), lab. mudiri (1982—83), ayni vaqtda ToshTI mikrobiologiya ka-fedrasi mudiri. Oʻzbekiston Sogʻliqni saklash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar i. t. instituti lab. mudiri (1983-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari mikroblar genetikasi, vaksinalarning inson organizmi himoya omillariga taʼsiri, yuqumli ichak infeksiyalari ekspres diagnostikasi, disbak-teriozlarni oʻrganishga oid. Turli ilonlar va qoraqurt zahariga qarshi zardoblar, shuningdek, stafilokokka qarshi gamma-globulin i. ch. ga raxbarlik kil ga n.

As: Geneticheskiye rekombinatsii i atipichnыye kishechnыye bolezni, T., 1971; Kurik-ketsioz v Oʻzbekistone, T., 1975.