OBJAZ

OBJAZ — Qurama tizmasining shim.-gʻarbiy qismidagi dovon. 2216 m balandlikda, Ohangaron daryosi chap irmogʻi Objazsoyning boshlanish qismida joylashgan. Ohangaron va Fargʻona vodiylarini tutashtirib turadi. Dovondan apr. dan okt. gacha chorva mollarini haydab oʻtishda foydalaniladi.