OBERT

OBERT (Oberth) German (1894.25.6, Xermanshtadt, Transilvaniya, Ruminiya — 1989.29.12, Nyurnberg) — nemis olimi, raketa texnikasi asoschilaridan biri. Myunxen un-ti (1913 — 14 va 1919—20), Gyottingen un-ti (1920—21), Geydelberg un-ti (1921 — 23)da oʻqigan. Raketa texnikasini ishlab chiqish va undan foydalanish, xususan, uni atmosferani tadqiqqilishga qoʻllash masalalari b-n shugullan-gan, raketa dvigatellari nazariyasini ishlab chiqqan. Nemis raketa texnikasi va kosmik parvozlar jamiyati asoschilaridan biri. Shu jamiyat raketa texnikasi va kosmonavtika boʻyicha fundamental tadkikrtlar uchun Obert medalini taʼsis qilgan (1951). Jamiyatga Obert nomi berilgan (1983).