NYASA

NYASA, Malavi — Afrikadagi koʻl. Mozambik, Tanzaniya va Malavi hududlarida. Sharqiy Afrika yoriklar zonasidagi tektonik botiqda, 427 m balandlikda joylashgan. Mayd. 30,8 ming km2, uz. 580 km, eni 80 km gacha, eng chuqur joyi 726 m. Shim. va shim.-sharqiy qirgʻoklari baland, tik va qoyali, jan. — past. Kul Shire daryosi orqali Zambezi daryosiga oqadi. Baliqqa boy (230 dan ortiq turi, kupi endemik), timsoh, karkidon yashaydi. Balik, ovlanadi. Kema qatnaydi. Kul sohilida Nkota-Kota, Karonga, Bandave, Mvaya, Mbaiba-Bey, Kobve, Metangula yirik port sh. lari joylashgan. Kul atrofi milliy bogʻ tarkibida.