NABEREJNIE ChELNI

NABEREJNIE ChELNI — Tatariston Respublikasidagi shahar (1930-y. dan, 1982—88 y. larda Brejnev sh.). Kama daryosidagi pristan. Yaqin t. y. stansiyasi — Krugloye Pole (17 km). Aholisi 520,3 ming kishi (1998). Ilgari yogʻochsozlik, toʻqimachilik va oziqovqat sanoati markazi edi. 1970-y. da Kama avtomobil z-dining qurilishi munosabati bilan tez rivojlandi. Oziqovqat, yogochsozlik sanoati korxonalari mavjud, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Quyi Kama GES bor. Politexnika, pedagogika in-tlari, qoʻgʻirchoq teatri ishlab turibdi.