NABIYEV Vali Nabiyevich

NABIYEV Vali Nabiyevich (1916.31.1 — Gʻijduvon tumani — 1999.7.3) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi starshina. 16-gvardiyachi otliq askarlar diviziyasining 60-gvardiyachi Chernigov otliq askarlar polki, 2-eskadron vzvod komandirining yordamchisi. 1936—38 y. larda armiya safida, Hasan koʻli yonidagi jangda qatnashgan. 1943-y. 18 sent. da Dnepr daryosini birinchilardan boʻlib kechib oʻtishdagi jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1944-y. 15 yanv.). Urushdan keyin Gʻijduvon sh. da yashagan. Gʻijduvon tumanida k-z raisi, k-zlararo maishiy xizmat koʻrsatish kombinatining boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2001-y. 9-mayda Gʻijduvon tuman markazidagi Xotira maydonida byusti oʻrnatilgan, koʻchalardan biriga Nabiyev nomi berilgan