NUQTA — eng koʻp qoʻllanadigan va eng qad. tinish belgilaridan biri (•); 11-a. da arab, matnlarida yozuv belgisi sifatida paydo boʻlgan. 19-a. gacha unish vazifasi va qoʻllanishi hoz. ayni tinish belgisinikidan tamomila farq qilgan. Hoz. oʻzbek imlosida Nuqta quyidagi oʻrinlarda qoʻllanadi: 1) darak gaplar oxirida (Quyosh hamma yoqni qizdirmoqda);
2) orzu-istak, iltimos, yalinish, daʼvat, undash, maslahat, ogohlantirish kabi mazmunni ifodalovchi buyruq gaplar oxirida (Bugun ertaroqboring. Bizga ovqat keltirsangiz. Mayli, oʻqing boʻlmasa, hamma eshitsin);
3) bosh harflar yoki boʻgʻinlar bilan koʻrsatilgan shartli qisqart-malardan soʻng (S. Rahimov; M. T. Oybek; va sh. k. ; va b.); abbreviaturalarda Nuqta qoʻyilmaydi; 4) raqamlar yoki harflar bilan koʻrsatilgan numerativlardan soʻng (1. A. 2. V. kabi. Bunda numerativdan keyin keladigan gaplar mustaqillikka ega boʻlishi shart); 5) baʼzan sanalar raqam bilan yozilganda, yil, oy, kunlarni oʻzaro ajratish uchun ular orasiga qoʻyiladi (2003-y. 19 okt.); 2000.14. V11I. (2000-y. 14 avgust) va q. k.
Ad.: Nazarov K., Oʻzbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.