NUTQ MADANIYATI

NUTQ MADANIYATI, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maksad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati;

2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi. Gʻarb tilshu-nosligida umumiy maʼnoda «til madaniyati» termini ham qoʻllanadi. 1-maʼnodagi «Nutq madaniyati» tushunchasi adabiy tilni oʻzlashtirishdagi ikki bos-qichni qamrab oladi: a) nutqning toʻgʻriligi va b. nutqiy mahorat. N u – tqning toʻgʻriligi muayyan tilda soʻzlovchilar va yozuvchilar tomonidan «ideal» yoki umum tomonidan qabul qilingan va anʼanaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok etiladigan adabiy meʼyorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa nafaqat adabiy meʼyorlarga amal qilish, balki oʻzaro mavjud boʻlgan variantlardan mazmunan eng toʻgʻri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtayi nazaridan eng makbuli va ifo-dalisini tanlab olish mahoratidir (Mas, aka — oka — ako; kelyapti — kevotti — kelopti variantlaridan bi-rining adabiy meʼyor sifatida tanla-nishi). Yuksak Nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash madani-yatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi.

Nutq madaniyati nazariyasining asosiy tushunchasi til meʼyeʻridir. 2-maʼnodagi Nutq madaniyatining asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol taʼsir koʻrsatish maqsa-dida (tilning barcha sathlarida) obyektiv til meʼyorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va b. da oʻrganishdir.

Zamonaviy Nutq madaniyati nazariy va amaliy fan boʻlib, u til amaliyotiga taʼsir etish maqsadida adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va b. til-shunoslik bulimlarining yutuklari va xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati na-zariyasida adabiy til milliy tilning oliy shakli deb eʼtirof etiladi; ba-diiy adabiyot tili oʻzining eng yaxshi namunalari bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuklari va anʼanalarini mustahkamlaydi va boyitadi.

Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa boʻlib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va adabiy hayot rivoji bilan chambarchas boglik holda taraqqiy etadi. Jamiyat aʼzolarining madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, Nutq madaniyati qoidalari va meʼyorlariga muvo-fiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, sanʼat, radio, televideniye va davriy matbuotning alohida oʻrni bor. Ayniqsa, adabiy tilni meʼyorlashtirish va Nutq madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izox^li, imlo, talaffuz, oʻquv va b. maxsus lugʻatlar muhim ahamiyatga ega.

15-a. dayoq oʻzbek adabiy tilining Nutq madaniyati va uning oʻziga xos meʼyorlari boʻlgan — Alisher Navoiy oʻzining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan oʻz davri Nutq madaniyatiga, nutq odobiga mislsiz hissa qoʻshgan boʻlsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va b. shoirlarning asarlari tilida ham oʻsha davr tili va Nutq madaniyati maʼlum darajada aks etgan. «Yaxshi soʻz — jon ozigʻi», «Bugʻdoy noning boʻlmasa ham, bugʻdoy soʻzing boʻlsin», «Oʻynab gapirsang xam oʻylab gapir», «Har neni yemak — hayvonning ishi, har neni demak — no-donning ishi» kabi maqol va hikmatli soʻzlarning paydo boʻlishi ham oʻzbek xalqida Nutq madaniyatiga avvaldan eʼtibor kuchli boʻlganidan darak beradi.

Oʻtgan asrning 20-y. laridan soʻng oʻzbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy adabiy til meʼyorlariga asoslanadi. Bu meʼyorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon Hoshim, T. N. Qoriniyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va b.), adibu shoirlar (Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va b.) munosib hissa qushdilar.

Abduvahob Madvaliyev, Yoʻldosh Solijonov.