NURPEISOV Plis Kolgeldiyevich

NURPEISOV Plis Kolgeldiyevich (1919, Taxtakoʻpir — 1945.23.4, Berlin) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi katta leytenant. 1939-y. dan armiya safi-da. Melitopol harbiy aviatsiya bilim yurtini bitirgan. 1943-y. dan frontda. 47-gvardiyachi alo-hida razvedka aviatsiya polki (2-Belorussiya frontining 4-havo armiyasi)ning kuzatuvchiuchuvchisi; razvedka maqsadida dushman tomonga 100-marta jangovar parvoz qilgan. Jumladan, marta kunduzi Berlinga uchgan. 18 avg. (vafotidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Nukus un-ti binosiga yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan. Taxtakoʻpir tumanidagi maktab va Xoʻjayli ped. bilim yurtiga Nurpeisov nomi berilgan.