NUR BILAN ISITISH

NUR BILAN ISITISH — xonalar asosan issiqlik nurlanishi va baʼzan konveksiya orqali isitiladigan isitish turi. Bunda isitish asboblari xona shipiga, polga, devorlarga oʻrnatiladi. Shu asboblardan tarqaladigan issiqlik nuri oqimi (koʻzga koʻrinmaydigan nurlar) xonani, shu jumladan, xonadagi kishilarni isitadi. Nur bilan isitish bilan i. da issiqlik eltgich (tashuvchi) sifatida issiq suv, bugʻ, qaynoq suv, elektr energiyasi ishlatiladi. Isitish asboblari, kabel (elektr bilan isitishda) ship, devor yoki pol ichiga joylashtiriladi. Xonadagi kishilar oʻzini yaxshi his qilishi uchun ship, devor yoki pol t-rasi 25° dan oshmasligi lozim. Yezda Nur bilan isitish bilan i. tizimidan xonalarni sal-qin qilishda ham foydalaniladi. Buninguchun isitish asboblari orqali sovuq suv qaydaladi.