NUKUS

NUKUS — TOSHHOVUZ AVTOMAGISTRALI — Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston hududidan oʻtgan xalq-aro ahamiyatli yoʻl. 1950—53 y. larda qurilgan. Umumiy uz. 152 km. Nukus —T. a. Nukus, Taxiatosh, Xoʻjayli, Koʻhna Urganch va Toshhovuz sh. larini oʻzaro bogʻlab, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi iqtisodiy alo-qalarni rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi. Ioʻlning respublikamiz hudu-didagi qismi asfaltbeton boʻlib, uz. 36 km, transport harakatining oʻrtacha sutkalik qatnov jadalligi 3096 avtomobilga teng (2002).