NOSIRXOʻJAYEV Sobitxon Hoshimovich (1929.28.12, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari d-ri (1971), prof. (1972). Toshkent yuri-dik in-ting tugatgan (1951). Toshkent politexnika in-tida katta oʻqituvchi (1954—64). Toshkent pedagogika in-tida dotsent (1964—71), kafedra mudiri (1971—82), demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyeti kafedrasi prof. (1989-y. dan). Toshkent viloyati pedagogika in-ti rektori (1983—88). Asarlari Oʻzbekistonda tarix, madaniyat, maʼrifat, milliy gʻoya, istiklol mafku-rasiga masalalariga bagʻishlangan. «Oʻzbekiston ziyolilari» (oʻzbek va rus tillarida, T., 1972), «Siyosatshunoslik fanidan qoʻllanma» (1992), «Prezident Islom Karimovning «Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asari milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari, politologiya fanida foydalanish uchun qoʻllanma» (2001), «Maʼnaviyat asoslari» (2003) va b. oʻquv qoʻllanmalari muallifi.
As: Siyosatshunoslik lugʻati, T., 1993; Sotsiologiya asoslari, T., 2001.