NOSIRXON TOʻRA

NOSIRXON TOʻRA Sayd Kamolxon toʻra oʻgʻli (1871, Namangan — 1938.3.9) — Turkiston muxtoriyati hukumati maorif vaziri (1917 — 18), sovet hokimiyatiga qarshi olib borilgan harakat raqbarlaridan biri, yirik ulamo. Buxoroda, Kobul, Dexli, Bagʻdod va Hijoz sh. larida tahsil oldi. Turkistonga kaytgach (1912), Namangan shahar qozisi boʻlgan. 1913-y. dan boshlab, jadidchilik harakatida faol katnashgan. «Shuroy islomiya» tashkilotining Namangan shoʻbasi rahbari, Namangan sh. Dumasi aʼzosi (1917). Turkiston oʻlka musulmonlari favqulodda IV qurul-toyi (1917-y. 26—28 noyab.)ni oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatdi. 1918-y. fev. da muxtoriyat hukumati bolsheviklar tomonidan agʻdarilgach, bir yil mobaynida yashirin hayot kechirgan. U Koson-soyda «Milliy ittihod» tashkiloti yacheykasini tashkil qilgan (1919). Sovet rejimi tomonidan qamoqqa olinadi, soʻngra Orenburgga surgun qilinadi (1924—29). Surgundan kaytgach, mavjud tuzumga qarshi faol harakatni davom ettirdi. Qatagʻon qilingan Nosirxon toʻra qamoqda vafot etadi. «Tarixi Turkiston» (15 boʻlimdan iborat), «Orenburg maktublari» esdaligi va b. asarlari mavjud.