NOSIRUDDIN AL-HANAFIY

NOSIRUDDIN AL-HANAFIY, Nosir Toʻra (19-a. oʻrtalari, Buxoro — 20-a. boshlari, Kobul) — tarixchi olim, amir Muzaffarning oʻgʻli. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Buxoro ilmiy jamiyati aʼzosi (1921—23). U Buxoro Arki tarixiga doyr «Tahqiqoti Arki Buxoro» asarini shu jamiyat hamkorligida yozgan. Shuningdek, uning Buxoro amirligi tarixiga bagʻishlangan «Osori salotin» («Sultonlardan qolgan yodgorliklar»), «Tuhfat uz-zoirin» («Ziyoratchilarga tuhfa», 1910-y. da Buxoro toshbosma nashriyotida chop etilgan), «Hodi uz-zoirin» («Ziyoratchilar uchun koʻrsatkich»), «Kunuz al-atqiyo» («Taqvodorlarga atalgan xazinalar») kabi asarlari mavjud. Amir Olimxonning talabi bilan uning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari qatorida (jami 51 kishi) Afgʻonis-tonga yuborilgan (1923-y. iyul).