NOSIROV Temurjon Xayrullayevich (1941.25.7, Toshkent viloyati Zangiota tumani) — energetik olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000). Texnika fanlari d-ri (1989), prof. (1990), Toshkent politexnika in-tini tugatgan (1963). Shu intda dotsent, prof. (1963 —95); «Elektr stansiyalari» kafedrasining mudiri (1980-95), 1995-y. dan «Oʻzbekiston energomarkazi»ning bosh direktori, ToshTU energetika f-ti prof., «Elektroenergetika» yoʻnalishining ilmiy rahbari. Ilmiy ishlari elektroenergetika tizimlarning turli rejimlari tahlili uchun nazariy umumlashtirilgan modellari va algoritmlariga hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga bagʻishlangan.
As: Lineynыye raschetnыye modeli setey elektricheskix sistem, T., 1982; Osnovы teorii i rascheta ustanovivshixsya rejimov elektricheskix sistem, T., 1985; Ustanovivshiyesya rejimы elektroenergeticheskix sistem i ix optimizatsiya, T., 1999.