NORMANDIYA OROLLARI

NORMANDIYA OROLLARI — La Mansh boʻgʻozidagi bir guruh orollar, Normandiya sohillari yaqinida, Buyuk Britaniya tarkibida. Mayd. 196 km2. Ikkita yirik (Gernsi va Jersi) va bir qancha mayda orollardan iborat. Granit va gneyslardan tarkib topgan. Eng baland joyi 148 m. Iqlimi moʻta-dil iqlim. Baliq ovlash, gulchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Iqlim kurortlari bor. Sent-Xeliyer porti — yirik moliyaviy markaz.