NORIM-NORIM

NORIM-NORIM (fors. — anor soʻzidan) — Xorazmda keng tarqalgan kuy va anʼanaviy erkaklar raqsi. Xalqbayramlari va turli tomoshalarda xalq cholgʻu ansambli joʻrligida ijro etiladi, koʻpincha qayroq ham joʻr boʻladi. Ijrochilar (2—4 erkak) qarama-qarshi turib raqsga tushadi. Raqs ikki qismdan iborat. Birinchisi tantanavor tarzda toʻrt chorakli (4/4) usulda ijro etiladi, asosan, qoʻllar roʻbaroʻ holda tutilib, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga harakat qiladi. Ikkinchisi shoʻx va ildam ufar (6/8) usulida oyoq va butun gavda harakati bilan ijro etiladi. N.-n. va ufarisining ashula va-riantlari mavjud. Oʻzbek bastakor va kompozitorlari oʻz asarlari (Mas, S. Yudakovning «Xorazmcha bayramona yurish» uvertyurasi va b.) da N.-n. kuy va usullaridan foydalanganlar.