NORDON TOF JINSLARI

NORDON TOF JINSLARI — tarki bida kremnezyom juda yuqori (64—78%) boʻlgan magmatik togʻ jinslari. Bu jinslardagi ortiq darajada boʻlgan kremnezyom kristalli kvars koʻrinishida ajralib turadi yoki effuziv togʻ jinslarida asosiy massadagi vulkan shishasi tarkibiga kiradi. Asosiy mi-nerallari: kvars (20—30%), ishqorli dala shpati (25—35%), nordon plagioklaz (20— 30%), rangli minerallar (5—15%) va b. N. t. j. ni kelib chiqishiga qarab plutonik yoki vulkanik sinfga ajratadilar (yana q. Magmatik togʻ jinslari).