NORDON YOMGʻIRLAR

NORDON YOMGʻIRLAR — tarkibida oltingugurt vodorodi, karbonat angidridi boʻlgan yomgʻirlar. Yirik metall-sozlik, kimyo korxonalari, issiqlik elektr stansiyalaridan havoga koʻtarilgan tutun va b. gazlar havodagi nam bilan qoʻshilib hosil boʻladi. Jonivorlar, tuproq, oʻsimliklarga zarar keltiradi.