NOMOGENEZ

NOMOGENEZ (yun. nomos — qonun va… genez) — tirik tabiatning tarixiy rivojlanishini ichki programmalashtirilganligi toʻgʻrisidagi evolyutsion konsepsiya. 1922-y. rus fiziologi L. S. Berg tomonidan ilgari surilgan. Nomogenez maqsadga muvofiqlik (moslanish)ning obyektivligi va nisbiyligini inkor etib, tiriklikning oldindan maqsadga muvofiqligini tan oladi. Olimning fikricha, maqsadga muvofiqlik protoplazma oqsillarining stereokimyoviy xususiyatlariga bogʻliq. Boshqacha qilib aytganda, evolyutsiya — oldindan koʻrsatilgan belgilarning rivojlanishidan iborat. Ana shu asosda onto-va filogenez jarayonlari yagona qonu-niyat asosida amalga oshadi, yaʼni evolyutsiya Nomogenez boʻlib, qonuniyatlar evolyu-siyasidan iborat, degan xulosa chiqa-rilgan. Bundan tashqari, Berg irsiyat geografik muhit taʼsirida bir vaqtning oʻzida juda koʻp individlarda namoyon boʻladigan muayyan qonuniyat asosida borishi va yoʻnaltirilganligi toʻgʻrisidagi tushunchani ilgari su-radi. Berg koʻrsatishicha, tur hosil boʻlishi keskin sakrash orqali borishi mumkin (q. Mutatsionizm). U konvergensiya va parallelizm tushunchalaridan foydalanib, taksonlarning polifilik yoʻl bilan kelib chiqqanligini asoslashga urindi. Organik dunyoning xilma-xilligini divergensiya nuktai nazardan tu-shuntiruvchi Darvin taʼlimotiga kara-ma-qarshi ravishda Berg hayotning azaldan xilma-xilligini koʻrsatadi. Ana shu tushunchalar asosida Berg avtonom ortogenez, yaʼni tashqi muhitga bogʻliq boʻlmagan, morfofiziologik tuzilishni mukammallashtirishga qaratilgan, tiriklik uchun xos boʻlgan qandaydir kuch toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari surdi. Nomogenez ta-rafdorlari darvin taʼlimotini evolyu-siyada tasodiflarni absolyutlashtirish (tixogenez) dan iborat gʻoya sifatida tanqid qilishadi. Nomogenez gʻoyalari boshdan oxirigacha darvinizmta qarshi qaratilgan, evolyutsiya sabablari va qrnuniyatlarini yangidan tushuntirishga muvaf-faqiyatsiz urinishlardan biri hisoblanadi. Aslida Nomogenezda Berggacha ham ilgari surilgan gʻoyalar aks etgan. Bergnint xizmati ana shu gʻoyalarni umumlashti-rib, sistemaga solish bilan birga evolyutsion taʼlimotda yechilmagan muammolar-ga, xususan, evolyutsion jarayonning yoʻnaltirilganligi masalasiga eʼtiborni jalb qilinganligidan iborat. Hoz. zamon biol. da Bergning mazmunan tele-ologik gʻoyasidan bir qancha makroevo-lyutsion jarayonlarni antidarvinizm nuqtayi nazaridan tushuntirishda baʼzan foydalaniladi (yana q. Avtogenez, Ortogenez, Teleologiya, Preformizm).