NODIR-UZLAT, Mahjur, Sha-rif (taxalluslari; ismi Muxammad Sharif) (1743 — hoz. Kosonsoy tumani — ?, taxm. Qoʻqon) — shoir va xat-tot. Kosonda oʻqib, savod chiqargan, kotiblik qilgan. Soʻng Qoʻqonga kelgan va shu yerda yashab krlgan. Nodira uni oʻz panohiga olib, saroyda xattot etib tayinlagan. N.-U. turkiy va forsiyda ijod qilgan, gʻazal, masnaviy, rubo-iy, muvashshax, tarjiʼband, taʼrix, oʻlan janrlarida 13 ming misradan koʻproq sheʼrlar xamda «Haft gulshan» dostonini (1824—25) yozgan. Lirikasi, asosan, ishqiy-falsafiy sheʼrlardan iborat. Xalq ogʻzaki ijodi bilan yozma ada-biyot aloqalari uning oʻlanlarida yorqin aks etgan. Devon tuzgan. «Haft gulshan» dostoni Nodiraga bagʻishlangan. Asar 5842 misra — qamd, naʼt, chahor yor taʼrifi, shoir axvoli va dos-tonning yozilish sabablari bayoni (kirish) xamda 7 mustaqil sheʼriy hikoyadan iborat. Asarda malika Nodiraning mamlakat obodonchiligi va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi, uning yuksak insoniy fazilatlari aks etti-rilgan. Shuningdek, baxtli hayot va odil shoh gʻoyalari ilgari surilgan. Dostonda bosh mavzu — sevgi, sadoqat tasviri birinchi oʻrinda turadi. «Haft gulshan» hamda Devonning qoʻlyozma va toshbosma nusxalari Qoʻqon adabiyot muzeyi (inv. № 1462, 88), Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. №1801, 10114) fondida saqlanadi.
As: Haft gulshan, T., 1961.
Ad.: Qayumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961; Oʻzbek adabiyoti tarixi. [5 j. li], 4-j., 1978; Gʻafurjonova T., Nodir va uning «Haft gulshan» dostoni, T., 1982.