NODIM

NODIM Namangoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Sulaymonxoʻja Ulugʻxoʻja oʻgʻli) (1844 — Namangan —1910) — shoir. Saidqulibek madrasasida tahsil koʻrgan. Arab, fors tillarini oʻrgangan. Qoʻqon va Toshkentda boʻlgan, fan-texnika yangiliklari, rus madaniyati. adabiy va madaniy doiralari bilan yaqindan tanishgan. Buxoro, Samarqand (1899), Turkiya, Misr, Arabiston (1902—03) ga sayohat qilgan. Navoiydan oʻrgangan, gʻazallariga taxmis, naziralar yozgan. Muqimiy, Muhyi, Furqat, Zavqiy, Muhayyir, Shavqiy kabi shoirlar bilan yaqin doʻst boʻlib, ijodiy hamkorlik qilgan, ular sheʼrlariga muxammaslar bogʻlagan. Mumtoz sheʼri-yatning barcha janrlarida, turkiy va forsiyda ijod qilgan. Gʻazallarida inson goʻzalligi, muhabbat va vafo, ayollar erkini kuylagan («Sogʻindim men, sogʻindingmi?», «Maktubi muhab-bat uslub» va b.), onaVatan tabiati, uning goʻzalligini tarannum etgan, xalq hayotini realistik aks ettirgan, ijtimoiy illatlarni fosh etgan, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ilgari surgan («Bahor ayyomi keldi», «Davr jav-ridin…», «Bayoni dar safari Toshkand» va b.). «Shikoyati paxta» sheʼrida qish-loq mehnatkashlarining achinarli hayotini tasvirlagan.

Hajviy asarlarida maktanchoq, mutakabbir boylar, chor amaldorlari tanqid qilingan («Dar mazammati zamona», «Dar shikoyati qozi» kabi). Yumoristik asarlar yozgan («Bez-gak» va b.).

Nodimning sheʼrlari «Turkiston viloyatining gaze-yash»da bosilgan. Oʻzi tuzgan «Bayozi Nodim»ning mukammal nusxasi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (inv. №4179).

As: Tanlangan sheʼrlar, T., 1964.

Ad.: Karimov F. K., Oʻzbek adabiyoti ta-rixi, 3-kitob, T., 1987; Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy, 2-daftar, T., 1998.

Begali Qosimov.