NISHOTIY

NISHOTIY Muhammadniyoz (18-a., Xorazm) — shoir. Xiva madrasalarida oʻqigan. Xorazm xonligida siyosiy ahvol ogʻirligi tufayli N. Buxoroga kelgan, gʻariblik va muhtojlikda yashagan. Ada-biy merosi «Husnu Dil» dostoni, «Qushlar munozarasi» manzumasi hamda 1500 misra sheʼr — 38 gʻazal, 14 muxammas, 1 qasida va musaddasdan iborat. Lirikasi dunyoviy muhabbat mavzuida. Unda shoir oʻz kechinmalari, zamona xaqidagi fikr-mulohazalarini ifodalagan, vafo, sadoqat, goʻzallik va nafosatni kuylagan. «Qushlar muno-zarasi»da 14 xil qushning oʻzaro bahsu munozaralari orqali oʻsha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illatlar, ja-xrlat, mansabparastlik va b. majoziy shaklda tanqid qilingan, mexnat axdining kamtarligi ulugʻlangan. «Husnu Dil» dostoni (1779) — shoir ijodining choʻqqisi. U Sharq xalqlari orasida mashhur syujet asosida nazmda yaratilgan. Doston 15584 misra, 62 bobdan iborat. Anʼanaviy kirish (1—5-boblar)dan soʻng shoir oʻzi xaqida, dostonning yozilish sabablari, soʻz va uning qudrati, xamsanavislar (Nizo-miy, Xusrav Dexlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va b.) haqida fikr yuritgan. Asosiy qism 11-bobdan boshlanadi va asar xotima bilan yakunlanadi. Yetakchi mavzui — sevgi. U Husn va Dilning murakkab sarguzashtlarida oʻz aksini topgan. Aql, Ishq, Vafo, Mehr, Nomus, Himmat, Sabr, Raqib kabi obrazlarda kishilardagi muayyan xususiyatlar ifodalangan. Doston Husn va Dilning toʻy tantanasi, yaʼni ezgulikning smonlik ustidan gʻalabasi bilan tugaydi. Aearda Vatanni sevish, xalq-parvarlik, maʼrifat va adolat, mardlik, sevgi-sadoqat, yaxshi xulqodob kabi gʻoyalar ilgari surilgan.

Doston qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. №1198, 7013, 1997, 1666, 1027), Sam-DU (inv. №21828) qoʻlyozma fondlarida sakdanadi.

As: Tanlangan asarlar, T., 1960; Husn va Dil, Lirika, T., 1967.

Ad.: Abdullayev V., Xoksor va Nishotiy, Samarqand, 1960; Oʻzbek adabiyoti tari-xi |5 j. li], 3-j., T., 1978.