NISHONOV Hakim Kabirovich

NISHONOV Hakim Kabirovich (1917.5.12, Andijon) — sozanda, bastakor. Oʻzbekiston xalq artista (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1957). Andijon bolalar teatrida aktyor (1933—36), Oʻzbek davlat filarmoniyasida sozanda (1936—39), Oʻzbek ashula va rake ansambli (1957—59), «Shodlik» ansambli (1971—76) badiiy rahbari, direktor oʻrinbosari (1976—79), Qibray tumani Doʻrmon qishlogʻi «Doʻstlik taronalari» xalq ashula va raqs ansambli badiiy rah-bari (1959-y. dan). «Iroda» (S. Joʻra va V. Saʼdulla), «Qahramon» (I. Axmedov) musiqali dramalar, ayrim kompozitorlar bilan hamkorlikda simfonik poema va syuitalar, shuningdek, xor va qoʻshiqlar muallifi.