NISHON TUMANI

NISHON TUMANI — Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1975-y. 6-martda tashkil etilgan. Jan. da Turkmaniston, shim. da viloyatning Qarshi, sharkda Gʻuzor, gʻarbda Kasbi tumanlari bilan chega-radosh. Mayd. 2,1 ming km2. Axoliyey 112,5 ming kishi (2003). Nishon tumanida 2 shahar (Tallimarjon va Yangi Nishon), 1 shaharcha (Nuriston), 8 qishloq fuqarolar yigʻini (Balxiyak, Nishon, Navroʻz, Oydin, Oqoltin, Paxtazor, Qirkdu-loch, Shirinobod) bor. Tuman markazi — Yangi Nishon sh.

Tabiati. Tuman hududi Qashqadaryo vohasining jan. da, Qarshi choʻlida joylashgan. Hududining asosiy qismi choʻl, qir hamda adirlardan iborat. Bu yerda Nishon, Gulbodom, Gʻovur, Kaptarli, Oydin kabi choʻl va yaylovlar mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha t-ra 14,8°. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0,2°, eng past t-ra —15°, iyulniki 28,8°, eng yuqori t-ra 45°. Vegetatsiya davri 230 kun. Okt. oyining oxirlari va noyab. oyining boshlaridan havo soviydi va namgarchilik boshlanadi. Yillik yogʻin 180—220 mm. Tuman hududidan Qarshi magistral kanali oʻtgan. Tallimarjon suv ombori bor. Tuprogʻi asosan, boʻz tuproq.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, tojik, turkman, qozoq, qoraqalpoq, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga 53 kishi.

Xoʻjaligi. Nishon tumani xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 377 kichik va xususiy korxona, 52 aksiyadorlik jamiyati, Tallimarjon GRES qurilish boshqar-masi, Tallimarjon issiqlik elektr st-yasi shoʻba korxonasi mavjud. Nishon tumanida 3 shirkat, 1967 fermer xoʻjaligi fao-liyat koʻrsatmoqda. 47196 ga yer maydoni sugʻoriladi, shu jumladan, 24553 ga paxta, 18640 ga gʻalla, 596,6 ga sabzavot va poliz, 1637 ga yem-xashak ekinlari bilan band. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 22 ming qoramol, 42,1 ming qoʻy va echki boqiladi. Tuman markazini xoʻjaliklar b-n bogʻlaydigan yoʻllar as-faltlangan. Tuman hududini Katta Oʻzbekiston trakti va t. y. kesib oʻtgan. Nishon—Qarshi (25 km) va b. yoʻnalishlarda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Nishon tumanida 33 umumiy taʼlim maktabi, agroiqtisodiyot kolleji, 3 kasb-hunar maktabi, 21 kutubxona, madaniyat uylari, stadion bor. Kasalxona, feldsher-akusherlik punktlari, qishloq vrachlik punktlari va b. tibbiy muassasalarda 156 vrach va 640 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 1975-y. dan «Nishon tongi» tuman gaz. chiqadi (adadi 960).